Savannada urğoçi şer va gnu ohusining olişuvi videosi paydo böldi. Rolik Keniyadagi Masai-Mara qöriqxonasining Youtube’dagi kanalida joylaştirilgan.

Videoda bir neça urğoçi şer ov vaqtida ohular tödasiga hujum qilganini köriş mumkin. Ohular yirtqiçlarni körib qoça boşlagan. Ulardan biri şerlarga qarşi hujum qilişga qaror qilgan.

Ohu yirtqiçlardan birini suzib yerga qulatib, tuyoqlari bilan yançib taşlamoqçi bölganda şer uni böynidan uşlab olib, tamoğidan böğizlaydi. Şundan keyin ohu deyarli qarşilik körsatmay qöygan. Ohu orqasidan boşqa şer kelib, uni belidan tişlay boşlaydi. Şerlar oxiri “niyatlariga yetib”, holdan toygan ohuni yerga qulatadilar. 

Videoga berilgan izohda urğoçi şer zukkolik namoyiş qilib, öljasini “tuzoqqa ilintirgani” ta'kidlab ötilgan.