Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Dunyodagi eng baland Lego minorasining qurilishi
Isroil poytaxti Tel-Avivda Lego bolalar konstruktoridan dunyodagi eng baland «minora» qurildi, uning uchun 500 mingdan ortiq detallar talab etildi. Bu haqdagi video YouTube’da e'lon qilingan.
«Minora»ning balandligi deyarli 36 metrni tashkil etdi, bu esa 12 qavatli uy bilan barobar degani. Minora quruvchilari o‘tgan yili Germaniyada o‘rnatilgan 35,47 metrlik avvalgi rekordni yangilashdi.
Loyiha Tel-Aviv munitsipaliteti tomonidan tashkillashtirildi, u Lego’ning katta ishqibozi, sakkiz yoshida saraton tufayli hayotdan ko‘z yumgan Omer Sayaguga bag‘ishlandi. Minorani qurishda minglab mahalliy fuqarolar qatnashgan.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026