30-sentabr kuni FlyDubai aviakompaniyasining Dubaydan Isroil poytaxti Tel-Avivga parvozni amalga oşirgan yölovçi samolyoti Saudiya Arabistoniga favqulodda qöndi. Samolyot parvoz boşlanganidan bir yarim soat vaqt ötganida avariya signalini yuborgan: dastlab xalqaro umumiy favqulodda vaziyat signali bölgan 7700 kodi, biroz ötib esa noqonuniy aralaşuv yoki samolyotni egallab oliş haqida xabar beriş uçun qöllanadigan 7500 kodi uzatilgan. Xuddi şu vaqtda samolyot yönalişdan oğgan va keskin pasaya boşlagan: u bir daqiqadan kamroq vaqt içida balandlikni teng yarmiga yöqotgan. Isroil terakt ehtimoli tufayli qiruvçi samolyotlarni havoga kötargan. Ammo yakunda samolyot aloqaga çiqqan va Saudiyaning Tobuk şahridagi aeroportga qöngan.
Isroillik rasmiylar samolyot uçuvçilari örtasida muştlaşuv yuzaga kelgani haqida maʼlum qildi. Samolyot yölovçilari orasida bölgan Mariyam ismli ayol i24News naşriga avvaliga uçuvçilar kabinasidan qiçqiriq ovozi eşitilgani, keyin esa kabina eşigi oçilib ketgani va yölovçilar içkarida qon tökilganiga guvoh bölişganini aytib bergan. U uçuvçilardan biriga piçoq bilan jarohat yetkazilganini maʼlum qilgan. Jabrlangan uçuvçiga yölovçilar orasidagi şifokor va hamşira tomonidan tez tibbiy yordam körsatilgan. Yölovçilar orasida fuqarolik kiyimidagi uçuvçilar ham bor edi va aynan ular samolyot boşqaruvini qölga olişgan va uni Tobukka olib kelişgan.
Uçuvçilardan biri samolyotni qulatmoqçi bölgani haqidagi versiya tekşirilmoqda. Ikkinçi uçuvçi havo kemasi kapitaniga piçoq bilan bir neça bor zarba bergan. Taxminlarga köra, aynan u boşqaruvni öz qöliga olişni va samolyotni bortdagi barça yölovçilar bilan birga qulatişni xohlagan. Bu özini öldirişga uriniş yoki terakt maqsadidagi harakat bölgani aniq emas. Bir neça yölovçi va ekipaj aʼzolari uçuvçilar kabinasiga kirib borişgan va uni töxtatişgan, deb xabar bergan isroillik jurnalist Amit Segal. U mazkur samolyot içida olingan va kiyimi qonga belangan erkak suratini namoyiş etgan.

Avvaliga uçuvçilar Rossiya va Ukraina fuqarolari ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Rossiya propagandasi allaqaçon bu maʼlumotni keng tarqatdi (Vladimir Solovyovning telegram-kanalida «Ukrainalik bölgan iikkinçi uçuvçi rossiyalik kapitanga bir neça bor piçoq bilan jarohat yetkazgani» haqida yozilgan), ammo bu maʼlumot tasdiqlanmadi. Ayrim xabarlarga köra, samolyotda çindan ham ukrain va rus millatiga mansub uçuvçilar bölgan, lekin ular uçuvçilar kabinasida emas, yölovçilar orasida bölişgan.


















