Flydubai aviakompaniyasining FZ1073 reysida bölgan Yaniv Xayun ism-şarifli yölovçisi zaxira borti orqali Tel-Avivga borganidan keyin Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşdi. U bu vaqtda hamon qonga belangan futbolkasida edi.
Isroil hukumati hodisani «terrorçilik hujumini amalga oşirişga uriniş» deb baholamoqda. Hodisa yuzasidan tergov jarayoni davom etmoqda, gumonlanuvçining motivlari haqida hali rasmiy bayonot berilmadi.
Flydubai aviakompaniyasi esa suriştiruv işlari yakunlanmagunça Tel-Avivga parvozlarni töxtatgan.
Xayun ikkinçi uçuvçini zararsizlantirganidan keyin samolyotdagi vaziyat barqarorlaşgan, bortga yölovçi sifatida çiqqan boşqa ikki uçuvçi esa samolyotni Saudiya Arabistonining Tobuk şahridagi aeroportga favqulodda qöndirgan.
«Uçuvçilar kreslosida heç kim yöq edi»
Kasbi santexnik bölgan Xayun boş vazir bilan suhbat çoğida samolyot tösatdan balandlikni yöqota boşlaganda va ikki daqiqadan kamroq vaqt içida 5,2 ming metrga pastlaganida qandaydir noxuşlik röy berganidan şubhalanganini aytadi.
«Kimdir qiçqira boşladi, svet öçdi», – deydi Yaniv Xayun Isroil boş vaziri eʼlon qilgan videoyozuvda.

Şundan keyin u boşqa yölovçilar bilan birga uçuvçilar kabinasi eşigini oçişga harakat qilgan, ammo bu oson iş emasdi.
«Piçoqdan jarohatlangan uçuvçi eşikka yopişib turgandi, şuning uçun biz uni oçişga qiynaldik», – deydi Xayun.
Ammo, uning sözlariga köra, yaralangan uçuvçi huşini yöqotişdan oldin eşikni oçib yuborişga ulgurgan.
«Men içkariga kirganimda hujum qilgan uçuvçi boşqaruv paneli yonida, ikki kreslo örtasida turganini kördim… uçuvçilar kreslolarida heç kim yöq edi. Biri polda yotar, boşqasi boşqaruv paneli ustida edi. Ortimdan kabinaga yana bir yigit kirdi. Men hujum qilgan uçuvçiga taşlanib, böğiş usulini qölladim va taşqariga olib çiqdim», – degan Xayun.
Uning aytişiça, ikkinçi uçuvçi «samolyotni işdan çiqariş uçun boşqaruv panelini sindirib taşlaşga» harakat qilgan.

















