Bluetooth — bu 100 metrgaça bölgan masofada qurilmalar orasida simsiz ma'lumotlarni uzatiş texnologiyasi. Bluetooth işlab çiqarişga doir işlar 1994 yilda Ericsson telekommunikatsion jihozlar işlab çiqaruvçisi tomonidan boşlangan. Oxir-oqibat Bluetooth 1998 yilda asos solingan Bluetooth Special Interest Group tomonidan işlab çiqildi. Unga Ericsson, IBM, Intel, Toshiba va Nokia kompaniyalari kirdi. Keyinçalik u IEEE 802.15.1 xalqaro standartining bir qismiga aylandi. Bluetooth sözining ildizi Daniyaga borib taqaladi, u "kök tiş" degan ma'noni beradi. Bir-biriga qarşi bölgan Daniya qabilalarini yagona qirollikka birlaştirgan vikinglar qiroli Xarald I'ni şunday çaqirişgan. Umuman olganda, Bluetooth ham aloqa protokollarini bir universal standartga birlaştiradi. Hi-News Bluetooth qanday işlaşiga doir ma'lumotlari bilan bölişdi.
Bluetooth'ning ta'sir tamoyili radiotölqinlardan foydalanişga asoslangan. Bluetooth işga tuşirilganda 2,4 GGts atrofidagi çeklangan çastota diapazonida işlaydigan radio uzatgiç faollaşadi. Bu spektor qismi ISM — Industry deb ataladi, Science and Medicine — turli maişiy uskunalar va simsiz tarmoqlarda qöllaniladi. Faollaşuvdan söng radiouzatgiç şu diapazondagi barça signallarni kuzata boşlaydi. Ikkinçi qurilma ham xuddi şu işni bajaradi. Qurilmalar bir-birini topganidan söng birinçisi uzatgiç rolini öz zimmasiga oladi, ikkinçisi esa priyomnikka aylanadi. Ma'lumotlar keng qamrovli tösiqlarga çidamlilikni ta'minlovçi maxsus FHSS algoritmidan uzatiladi. Mazkur algoritmga muvofiq, Bluetooth signali çastotasi soniyasiga 1600 marta özgaradi. Har bir ulaniş uçun çastotalar orasidagi ketma-ketlik tasodifiy hisoblanadi va bu faqat har 625 mikrosoniyada sinxron ravişda bir çastotadan boşqasiga ötadigan uzatgiç hamda priyomnikka ma'lum. Şunday ekan, agar yoningizda uzatgiç-priyomniklarning bir neça jufti işlayotgan bölsa, ular bir-biriga xalaqit bermaydi. Bu algoritm şuningdek uzatilayotgan ma'lumotlar himoya tizimining bir qismi hisoblanadi.
Bluetooth'dan yöllaşdan avval ma'lumotlar maxsus bloklarga ajratiladi. Priyomnik protsessori paketlarni qayta işlaydi, ulardan uzatiluvçi faylni yaratadi va uni qurilmaning doimiy xotirasiga joylaydi.
Raqamli ma'lumotlar va audiosignal uzatişda kodlaşning turli sxemalari qöllaniladi: audiosignal takrorlanmaydi, raqamli ma'lumotlar esa, ma'lumotlar paketi yöqotilgan taqdirda takroran uzatiladi.












