Xitoyning Xiaomi kompaniyasi MIJIA brendi ostida "aqlli" krossovkalarni işlab çiqardi. Ular Bluetooth bilan ta'minlangan bölib, fitnes-bilakuzuk tamoyiliga köra işlaydi. Gizmochina sayti şu haqida ma'lum qildi. 

Free Tie Leather çarm krossovkalari fitnes-datçik va Bluetooth'ga ega. Ular yordamida sport poyabzalini Android va iOS boşqaruvi ostidagi smartfonlarga ulaş mumkin. 

"Aqlli" krossovkalar uçun Mi Smart Home ilovasi yaratilgan. Foydalanuvçi ilova yordamida bosib ötilgan masofa va qadamlar soniga doir ma'lumotlarni olişi mumkin. Bundan taşqari, ilova kaloriyalar haqidagi ma'lumotlarni ham taqdim etadi. 

Krossovkalar oq va qora ranglarda sotuvga çiqqan. Ularga home.mi.com. saytida buyurtma beriş boşlangan. Krossovka narxi - 30 dollar.