KUN.UZ kirib kelgan yangi yilda jahon hamda qit'amiz miqyosida bölib ötadigan va eng kutilayotgan sport tadbirlari röyxatini taqdim etadi.
Futbol böyiça yoşlar (U23) örtasida Osiyo çempionati

Uçinçi bor taşkillaştirilayotgan uşbu turnir 9–23 yanvar kunlari Xitoyda bölib ötadi. Özbekistonlik yoş futbolçilar saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, uçinçi bor final bosqiçida iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritişgan. Qur'ada yoşlarimiz mezbonlar joy olgan «A» guruhiga tuşgan. Unda Xitoydan taşqari, Qatar va Ummon terma jamoalari bizga raqiblik qilişadi. Futbolçilarimiz 9 yanvar kuni Qatarga, 12 yanvar kuni Xitoyga va 15 yanvar kuni Ummonga qarşi maydonga çiqişadi.
Qişki Olimpiada

Yil boşi sport musobaqalariga juda boy ötadi. 9 fevraldan 25 fevralgaça Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida XXIII qişki olimpiya öyinlari ötkaziladi! Butun jahondan millionlab insonlar televizor qarşisiga yiğilib, öz mamlakatlariga muxlislik qilişadi.
Qişki paralimpiya öyinlari

Olimpiadadan söng odatga köra, Pyongçangda XII qişki paralimpiya öyinlari bölib ötadi. U 9–18 mart kunlari taşkillaştiriladi.
Futzal böyiça Osiyo çempionati

Fevral oyining 1-sanasidan 11-sanasiga qadar Xitoy Taypeyida futzal böyiça XV Osiyo çempionati bölib ötadi. Qit'a turnirining barçasida qatnaşib kelayotgan Özbekiston futzal terma jamoasi «V» guruhida musobaqa mezbonlari — 3 karra çempion Yaponiya, bir bor finalçi bölgan Janubiy Koreya va final bosqiçida ikkinçi bor iştirok etayotgan Tojikiston terma jamoalariga qarşi kuraş olib boradi. Eslatib ötamiz, özbekistonlik futzalçilar 4 bora finalgaça yetib borişgan.












