Hindiston hukumati dunyodagi eng maşhur arxitektura yodgorliklaridan biri bölmiş — Agradagi Toj-Mahal maqbarasiga kirişda çeklovlar örnatmoqçi. Bu haqda South China Morning Post xabar tarqatdi.
Hukumat tarixiy obidani yaxşi saqlaş uçun şunday çora körmoqda. Uşbu maqbara oq marmardan qurilgan, sayyohlarning köp oqimi esa marmarni ifloslantirişi va zararlaşi mumkin. 2016 yilda maqbarani ziyorat qiliş uçun kelgan sayyohlar soni 6,5 million kişini taşkil qilgandi, ularning aksar qismi — hindlar.
Bu loyiha qabul qilinsa, Toj-Mahalga kirişi mumkin bölgan taşrifçilar soni kuniga 40 ming kişidan ortiq bölmaydi: ayni vaqtda, bayram kunlarida ularning soni kuniga 70 ming nafarni taşkil qilmoqda. Xorijlik sayyohlarga çeklovlar bölmaydi. Xorijliklar uçun maqbaraga kiriş uçun tölov 1000 rupiy (16 dollar atrofida), hindlar esa çiptani 40 rupiyga xarid qilişlari mumkin.
Toj-Mahal — Agrada, Jamna daryosi qirğoğida qurilgan. Uni Boburiylar sulolasi vakillaridan biri Şoh-Jahon özining vafot etgan rafiqasi Mumtoz-Mahalga yodgorlik sifatida barpo etgan. Şoh-Jahonning özi ham şu yerga dafn qilingan.
Yodgorlik hind, fors va arab me'morlari tomonidan birgalikda qurilgan. 1983 yilda mazkur maqbara YuNeSKO röyxatiga kiritilgandi.












