
Yaponiyalik mutaxassislar nafaqat yuqori malakaga, balki boy fantaziyaga egalar. Misol uçun, yaqinda Four Link Systems kompaniyasi muhandislari ilk elektrokar-transformer Earth-1’ni taqdim qilişdi.
Avtomobil dizayni Gundam animesi orqali taniqli bölgan rassom Kunio Okavara tomondan yaratilgan, şu sababli avtomobil körinişi animedagi ulkan robotning kallasiga qiyoslangan.

Elektrokar şaklini özgartiruvçi karkasdan iborat. Avtomobil ixçam körinişda katta manyovrlikka ega va kam joy oladi. Biroq maşina elementlari kerilganda, maşinaning oğirlik markazi pastroqqa siljiydi, maşinaning özi uzunroq böladi, harakatçanligi pasayadi, biroq tezligi oşadi. Maşinaning bir körinişdan ikkinçi körinişga “transformatsiyasi” salonda joylaşgan maxsus manipulyator yordamida amalga oşiriladi.


Hozir Earth-1 sinovlarning yakuniy bosqiçidan ötmoqda, şundan keyin u ommaviy ravişda işlab çiqariladi. Maşinaning narxi hozirda 70 ming dollarga baholanmoqda. Bunday turdagi maşinalarni yaratiş uçun detallar bozorda mavjud bölmagani sababli muhandislar ularni noldan boşlab yaratişlariga töğri kelgan. Maşina yaratuvçilarining fikriça, ular yaratgan maşina nafaqat gavjum şaharlarda yaşovçilar uçun, balki karşering agentliklariga ham yaxşi variant böladi. Kompaniya muhandislari muvaffaqiyatga erişişga yaxşi imkoniyatlarga egalar, çunki maşinaga köplab buyurtmalar olingan. Buyurtmaçilardan biri xalqaro aeroportlardan biri bölib, yangi maşinalar aeroport hududi böylab yurişda qöllanmoqçi.







