Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi öz muxlislarini zamonaviy matritsa bilan quvontiriş arafasida. Yangi devays bir neça kundan keyin AQŞdagi kompyuter texnikasi körgazmasida namoyiş qilinadi. Biroq ba'zi texnik tafsilotlar hozirdanoq ma'lum.
Taqdimot, rejalaştirilganidek, 9-10 yanvar kunlari Las-Vegasdagi CES 2018 xalqaro elektronika körgazmasida bölib ötadi.
Yangi Samsung CJ791 monitorida tomonlar nisbati 21:9'ga teng bölgan 34 dyuymli QLED-panel qöllangan. Uning ölçamlari — 3440×1440 piksel. Mutaxassislar uni ultrakeng deb ataşmoqda. U foydalanuvçilarga katta fayllar, ma'lumotlar joylangan jadvallarni közdan keçiriş imkonini beradi.
Ekranning bukma radiusi - 11500 mm. Ranglar kölami qamrovi - sRGB (rang spektrini taqdim etiş standarti) 125 foizni taşkil qiladi. Köriş burçagi — 178°.
Işlab çiqaruvçilar rejasiga köra, foydalanuvçilar birgina Thunderbolt 3 kabeli yordamida monitorni ortiqça simlarsiz noutbukka ulaşlari mumkin böladi.
Thunderbolt 3'ga ulaniş soniyasiga 40 gigabitgaça tezlik bilan ta'minlaydi. Bu USB orqali ulanişga nisbatan deyarli tört karra tezroqdir.
Bundan taşqari, Thunderbolt 3 kabeli quvvat manbai sifatida ham xizmat qilişi mumkin. Yuk kuçi imkoni — 85 Vt.













