O‘zbekiston va Qozog‘iston 5 yanvar kuni Toshkent – Chimkent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmatidan ma'lum qilingan.
Yo‘nalishning umumiy uzunligi 145,2 kilometrni, yo‘l vaqti – 3 soatni tashkil etadi. Reyslarni texnik to‘xtashlarsiz amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Samarqand – Toshkent – Ostona xalqaro tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilgandi.
Undan avval esa Olmaota – Toshkent temiryo‘l yo‘nalishi ochildi.















