Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 29 dekabr kuni "Xorijiy davlatlarda körgazma tadbirlarini ötkaziş uçun möljallangan tovarlarni olib çiqiş tartibini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi PQ-3451-sonli qarorni imzoladi. Unga köra:

1. 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab tadbirkorlik sub'yektlariga xorijiy davlatlarda ötkaziladigan körgazma va yarmarkalarda namoyiş etiş uçun möljallangan qiymati 5 ming AQŞ dollarigaça bölgan tovarlarni eksport şartnomasini tuzmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylaştirmasdan, tovarlarning yuk hujjatlariga muvofiq olib çiqişga ruxsat etiladigan böldi. Prezidentning "Taşqi savdo faoliyatini yanada erkinlaştiriş va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlar töğrisida"gi 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3351-sonli qaroriga ilovada qayd etilgan tovarlar bundan mustasno. 

2. Uşbu qarorning 1-bandiga muvofiq olib çiqiladigan tovarlarni sotişda tadbirkorlik sub'yektlari ularni sotişdan tuşadigan mablağlarni Özbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi öz hisobraqamlariga, şu jumladan bank ötkazmalari, şuningdek, xorijiy valyutadagi naqd pul şaklida kiritiş huquqiga ega.

3. Tadbirkorlik sub'yektlari xorijiy davlatlarda ötkaziladigan körgazmalarda (yarmarkalarda) namoyiş etiş uçun möljallangan tovarlarni olib çiqişda kesib ötiladigan çegara bojxona postini xorijiy davlatlardagi körgazmada (yarmarkada) ularning iştirok etişi rejalaştirilayotgan, tadbir ötkaziladigan joy, uning muddati va vaqti, şuningdek olib çiqiladigan tovarlar (nomi, miqdori va qiymati) töğrisida xabardor qiladi. 

Bojxona organiga taqdim etiladigan ma'lumotlarning işonçliligi yuzasidan tadbirkorlik sub'yektlari qonun hujjatlariga muvofiq  javob beradi.