Bugun, 5 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga taşrifini boşladi. Ayni paytda davlat rahbari iştirokida Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, şu paytgaça viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Ğulomjon Ibragimov​ Toşkent viloyati hokimi etib tayinlandi. U 1958 yil Toşkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. Ibragimov 1980 yilda Toşkent politexnika institutini, 2003 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasining Oliy işbilarmonlik maktabini tamomlagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ança yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004—2010 yillarda «Özkimyosanoat» kompaniyasi raisi sifatida faoliyat körsatgan. 2010 yildan beri Özbekiston hukumati tarkibida boş vazir örinbosari sifatida işlab kelayotgandi. 2017 yil noyabr oyidan boşlab Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. 

Avvalroq, 30 oktabr kuni Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida taşkil etilgan videoselektorda şu vaqtgaça Toşkent viloyati hokimi sifatida işlab kelgan Şukrullo Boboyev işdan olingani ma'lum bölgan edi. Keyinçalik, Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida Boboyevning işdan olinişiga viloyatda 2017 yilgi terim mavsumida paxta hosiliga qöşib yoziş holatlari qayd etilgani sabab bölgani haqida gapirib ötgandi.