Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan seşanba kuni Suriyadagi “Firot qalqoni” amaliyoti yana tiklanişi mumkin ekani haqida ma'lum qildi.
“Anadolu” agentligining xabar berişiça, u Adolat va rivojlaniş partiyasining Anqarada taşkil etilgan yiğilişida çiqiş qilib, bu boradagi tegişli rejalari bilan bölişgan.
"Agarda Alloh bunga yöl bersa, biz Afrin va Manbijda “Firot qalqoni” amaliyotini davom ettiramiz", - degan Erdöğan.
Avgust oxirida Turkiya hukumatiga yaqin bölgan “Sabax” gazetasi Anqara “Firot qalqoni” amaliyotining ikkinçi bosqiçiga tayyorgarlik körayotgani haqida xabar bergandi. Amaliyotning birinçi bosqiçi 2016 yilning avgustidan 2017 yilning martiga qadar davom etgan bölib, Turkiya HHK va Suriya muxolifati kuçlarining zirhli texnikasi qöllab-quvvatlovi ostida ötkazilgan.












