Germaniyada, kelib çiqişi turkiyalik bölgan futbolçi Deniz Naki avtomobili öqqa tutildi, deb xabar bermoqdaWelt.

Voqea yakşanba kuni keçqurun yuz bergan. Naki avtomobilida Dyuren şahri yaqinida ketayotganida, noma'lum şaxslar uning yonidagi avtomobildan ikki marta öq uzganlar.

"Men öng tomondan ketayotgandim, şunda birdan öq ovozi yangradi... Şu zahoti engaşib, yöl çetiga çiqdim. Dunyo közimga qoronğu körinib ketdi, juda qörqqan edim", — dedi futbolçi.

Avvalroq Naki taqiqlangan Kurdiston işçilar partiyasini tarğibot qilgani uçun Turkiyada şartli qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. Uning fikriga köra, suiqasdga turk maxfiy xizmati xodimlari aloqador bölişi mumkin.

Nemis prokuraturasi bu mojaro yuzasidan jinoiy iş oçdi.