Yuk taşuvçilardan olinadigan soliqlarning eng kam miqdori Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan joriy etildi.
Norma.uz’ning yozişiça, çakana savdo korxonalari uçun şunday tartib amal qiladiki, unga köra ular YaSTni xuddi şunday faoliyat turi bilan şuğullanadigan yakka tadbirkorlar uçun qat'iy belgilangan soliq summasidan kam bölmagan miqdorda tölaşlari kerak böladi.
2018 yilda soliqlarni tölaşning şunday tartibi yuk taşiş xizmatlari körsatadigan yuridik şaxslar uçun ham joriy etilmoqda.
Soliq soliş tizimidan qat'i nazar, ular tomonidan tölanadigan soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalarning jami summasi transport vositasining bir birligi hisobida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mazkur faoliyat turi böyiça tölanadigan qat'iy belgilangan soliq summasidan kam bölmasligi kerak.
Ma'lumot uçun: mazkur holatda qat'iy belgilangan soliq stavkasi avtotransport vositasining yuk kötariş qobiliyatiga boğliq böladi va 2018 yil uçun:
• 3 tonnagaça – oyiga EKIHning 1,5 baravari;
• 8 tonnagaça – oyiga EKIHning 2 baravari;
• 12 tonnagaça – oyiga EKIHning 3 baravari;
• 12 tonnadan ortiq – oyiga EKIHning 3,5 baravarini taşkil etadi.
Qöşimça hisoblab çiqarilgan summa foyda soliğini yoki yagona soliq tölovini tölaş hisobiga kiritiladi.











