Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai tasdiqladi - Ferrari va Porsche’ga raqobatchi paydo bo‘ladi
Hyundai bosh dizayneri Lyuk Donkervolke va Koreya markasining tadqiqotlar hamda ishlanmalar markazi rahbari Yang U Chxol Wheels nashriga berilgan intervyuda superkar loyihasi ustida ish olib borilayotganini tasdiqladi. Kutilishcha, Genesis brendi ostida chiqariladigan yangilik Ferrari va Porsche bilan raqobatga kirishadi.
Avtomobil dizayni ikki o‘rindiqli kupe ko‘rinishida yaratiladi. Orqa uzatmali sportkarni gibridli kuch qurilmasi harakatga keltiradi, u benzinli dvigatel va bir necha elektrmotordan iborat bo‘ladi.
Mashinani BMW M sobiq rahbari Albert Birmann rahbarlik qilayotgan N sport bo‘linmasi ishlab chiqadi. Biroq superkar yuqori quvvatlar tufayli alohida modelga aylanishi kutilmoqda.
Genesis qatorida superkar paydo bo‘lishiga doir ma'lumot ilk bor 2016 yilda tarqalgandi. Hyundai’ning mahsulotlarni rejalashtirish bo‘yicha vitse-prezidenti Mayk O'Brayyen shunday avtomobil ishlab chiqilishi haqida aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
09:15 / 02.02.2026
Hyundai Rossiyadagi zavodni qayta sotib olish huquqidan foydalanmadi
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:31 / 12.09.2025
Hyundai’ning Amerikadagi zavodi ochilishi reydni deb 2 oyga kechikadigan bo‘ldi
17:22 / 06.09.2025