Huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatida qonuniylik va adolatni ta'minlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi «Huquqni muhofaza qiluvçi organlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasini işlab çiqilişi kutilmoqda. Şuningdek, «Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonun ham yangidan qabul qilinadi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 10 oktabriga qadar huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş, ularning huquqiy maqomini belgilaş böyiça amaliyotga özgartirişlar kiritilişi nazarda tutilgan.
Har bir huquqni muhofaza qiluvçi organlarning öziga xos xususiyatidan kelib çiqib, ularning vakolat va vazifalari çegarasini aniq belgilaş; mazkur organlarning özaro vakolatlar va funksiyalar takrorlanişini bartaraf etişga, «özaro tiyib turiş va manfaatlar muvozanati»ga oid normalar belgilanmoqda.
Milliy xavfsizlik xizmati sohasidagi parlament nazoratining mexanizmlari va faoliyatining samaradorligi mezonlari ham joriy yilning 10 oktabriga qadar belgilanadi.










