Özbekistonda sud-huquq tizimi isloh qilinadi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş kuçaytiriladi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Şavkat Mirziyoyev “Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi. 

Farmon sud-huquq tizimini yanada demokratlaştiriş va erkinlaştiriş, sud, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, aholining odil sudlovga bölgan işonçini oşiriş, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlaş va qonuniylikni mustahkamlaş maqsadida qabul qilingan. 

Prezident farmoniga muvofiq, sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining işonçli himoyasini ta'minlaş, şuningdek odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş  davlat siyosatining asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilangan.

Manba: ÖzA