Özbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Şavkat Mirziyoyev mamlakat sud-huquq tizimini isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilişni kuçaytiriş maqsadida Prezident farmonini imzoladi.
Unga muvofiq, 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boşqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta'minlaş, sud muhokamasini adolatli va öz vaqtida ötkaziş, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuçaytirişni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oşirişga qaratilgan bir qator özgartişlar kiritilmoqda.
Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning örniga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazoning muqobil turlarini qöllaş imkoniyati kengaytirilmoqda.
Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilişning huquqiy kafolatlarini kuçaytiriş, jinoyat işlarini tergov qilişning tezkorligini oşiriş doirasida:
jinoyat sodir etişda gumon qilingan şaxslarni uşlab turiş muddati 72 soatdan 48 soatga;
qamoqqa oliş va uy qamoği tarzidagi ehtiyot çoralarini qöllaşning, şuningdek jinoyat işlari böyiça dastlabki tergovning eng köp muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.
“Xabeas korpus” instituti qöllanişini yanada kengaytiriş doirasida prokurorlarning poçta-telegraf jönatmalarini xatlab qöyiş va eksgumatsiya qiliş kabi tergov harakatlarini ötkazişga sanksiya beriş böyiça vakolatlari sudlarga ötkazilmoqda.
Bundan taşqari, sudga qamoqqa oliş yoki uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot çorasini qöllaş imkoniyati berilmoqda.
Manba: ÖzA











