Foto: VK/Jyest Komi

Rossiyaning Komi respublikasida mahalliy aholi orqa ğildiraksiz ketayotgan tez yordam maşinasini videoga olgan. Söngra video “VKontakte” ijtimoiy tarmoğidagi “Jyest Komi” guruhida joylaştirilgan. Foydalanuvçilar va bir qator OAV maşina şoşilinç çaqiriqqa ketayotganini taxmin qilişgan.

Biroq respublikaning soğliqni saqlaş vazirligida tez yordam maşinasi çaqiriq böyiça emas, ta'mirlaşga ketayotgani ma'lum qilingan.