AQŞ Iroqdagi harbiy kontingenti sonini ança qisqartirdi. Bu haqda AQŞning Bağdoddagi elçisi Duglas Silliman jurnalistlarga ma'lum qildi.    

Uning aytişiça, AQŞning Iroqdagi harbiylari soni Bağdod bilan kelişilgan.

“Amerikalik harbiylar Iroqda harbiy harakatlarda iştirok etiş uçun mavjud emas. Ular iroqlik harbiylarga maslahat beradilar”, deb aytdi Silliman. 

Diplomatning aytişiça, yaqin kelajakda AQŞning Iroqdagi kontingenti yana ham köproq qisqaradi.

Elçi, şuningdek, Iroq kurd mintaqaviy ma'muriyati va Bağdod hukumatlari örtasidagi kelişmovçilikka izoh berdi. 

“AQŞ yaxlit Iroqni istaydi hamda Irbil va Bağdod örtasidagi muloqotga muhim ahamiyat beradi. Biz Bağdodni Iroq kurd mintaqaviy ma'muriyatidagi davlat xizmatçilari maoşini tölab berişga va Irbil bilan birgalikda mamlakatning şimoliy çegaralari ustidan nazorat örnatişga çaqiramiz”.