Las-Vegasda ötayotgan CES 2018 körgazmasida yoruğlik-diodli “aqlli” köça fonari Wi-Fiber taqdim qilindi. Uşbu fonar bugungi kunda ommalaşib borayotgan “aqlli şahar”ning bir qismiga aylanişi mumkin, çunki u ötgan-ketganlar ortidan kuzatişi, xavf haqida ogohlantirişi va internet tarqatişi mumkin.

Fonar içidagi modullarni almaştirsa va sozlasa böladi. Yoruğlik-diodli lampalar vaziyatga qarab rangini özgartirib, xavf haqida ogohlantirişga imkon beradi. Şuningdek, fonar Wi-Fi tarqata oladi, içiga kuzatuv kamerasini joylab,  4K sifatgaça bölgan videoni oliş va ovozni yoziş mumkin. Jinoyatçilarni aniqlaş uçun ovozni taniş algoritmlarini qöllab, ovoz signalini alohida yoziş mumkin.  

Wi-Fiber muayyan odamlarni qidirişi va kelgusida qöllaş uçun suratlarni arxivlaşi mumkin. Bundan taşqari, tizim öqotar qurol datçiklari va havo sifatini aiqlaş uçun sensorlar bilan jihozlangan. Wi-Fi nuqtalarining joylaştirilişi esa odamlarga nafaqat internetga kirişda, balki “aqlli şahar”ning qolgan unsurlari bilan boğlanişda yordam beradi hamda uyali aloqa operatorlari tarmoğiga tuşadigan yuklamani yengillaştirişga imkon beradi.