Janubiy Amerikaning uçta davlati – Peru, Boliviya va Argentina hududlari böylab ötayotgan 2018 yilgi “Dakar” rallisining yarmiga kelib, iştirokçilarning 25 foizi poygani tark etişga majbur böldilar.
Rallining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilinişiça, poyganing ilk 6 bosqiçidan keyin uni 29 mototsiklçi, 8 kvadrasiklçi, 31 ta yöltanlamaslar ekipaji va 14 ta yuk maşinalari ekipaji tark etdi.
Rallidan Sebastyan Leb va Sergey Karyakin kabi favoritlar hamda “Çelsi”ning sobiq murabbiyi, “Dakar”da birinçi bor iştirok etgan Andre-Vilaş Boaş çiqib ketdilar.
7-bosqiç 13 yanvarda boşlandi. Poygaçilar La Pasdan Uyuniga qarab yöl oldilar. Trassa uzunligi 727 km.ni taşkil qiladi.











