“Dakar” ralli-marafoni 2020 yildan boşlab Saudiya Arabistonida ötadigan böldi. Bu haqda Autosport.com naşri xabar berdi. Manba ma'lumotlariga köra, poyga taşkilotçilari Saudiya Arabistoni bilan bu borada 5 yillik şartnoma imzolaşgan. Keyingi poyga Ar-Riyodda boşlanadi.

“Biz “Dakar” mintaqamizda ötişidan bağoyat xursandmiz. Saudiya Arabistonigaça yarim soatlik yöl. Biz Janubiy Amerikani, uning odamlarini, ajoyib davlatlarini yaxşi köramiz, ammo taşkilotçilar qarorini hurmat qilişimiz lozim”, deb aytgan avtomobillar sinfida poyganing amaldagi çempioni, qatarlik Nosir Al-Attiya. U şartnoma imzolanişida iştirok etgan.

“Mutlaq ayonki, oxirgi yillarda “Dakar” zaiflaşib bordi, bu hamma uçun tuşunarli edi, iştirokçilar soni kamayib borardi, trassalar kamroq darajada qiziqarli edi, Lotin Amerikasida biror mos narsani topişga urinişlar bölardi. Ba'zi “Dakarlar” muvaffaqiyatsiz çiqsa, ba'zilari aksinça edi. Barçasi “Dakar” umuman yakunlanişi mumkindek xavotir tuğdirardi. Şu sababli nimadir yuz berişi, poyga ötkaziladigan joy özgarişi kerak edi. Saudiya Arabistoni variant sifatida qaralgan edi, joriy yil boşidan bu haqda köp gapirilgandi”, deb izoh bergan “KAMAZ-master” jamoasi asosçisi Semen Yakubov.  

“Dakar” 1978 yilda taşkil etilgan. 2009 yilgaça poyga Senegal poytaxti Dakarda ötgan. 2009 yilda u teraktlar xavfi sababli Janubiy Amerikaga köçirilgan.