9.01.2018 yildagi ÖRQ–459-son Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga tuzatişlar kiritildi. Norma.uz uşbu özgartirişlar töğrisida batafsil ma'lumot berdi.
Birinçidan, endi şu'ba, tobe va unitar korxonalar öz mulkida özining asosiy jamiyati ustav kapitalidagi uluşga (aksiyalarlarga) ega bölişga haqli emas. Agar ular 10.01.2018 yilgaça olingan bölsa, ular uluşlarni (aksiyalarni) saqlab qoladilar, biroq iştirokçilarning (aksiyadorlarning ) umumiy yiğilişida ovoz beriş huquqidan mahrum böladilar.
Şu bilan birga yana bir taqiq joriy etildi. Şu'ba va tobe korxonalar xodimlari hamda ularning boşqaruv organlari a'zolari, unitar korxona rahbari va xodimlari tegişinça aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengaşi va mas'uliyati çeklangan (qöşimça mas'uliyatli) jamiyat a'zolari böla olmaydilar.
Uşbu taqiqlarning sabablari va mantiği töğrisida havola orqali kiriladigan şarhda batafsil öqiş mumkin.
Ikkinçidan, soliq xizmati tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişni kirim hujjatlarini rasmiylaştirmasdan amalga oşiruvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlarning bank hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarini 5 bank kunigaça bölgan muddatga vaqtinça töxtatib turiş huquqiga ega böldi. Bu suddan taşqari tartibda amalga oşiriladi. «Davlat soliq xizmati töğrisida»gi Qonun va Soliq kodeksiga tegişli qöşimçalar kiritildi.
Tasdiqlangan tahrirda aynan nimalar tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylaştirmasdan realizatsiya qiliş deb e'tirof etilişi ham körsatilgan:
• kameral nazorat jarayonida aniqlangan, kirim qilingan va realizatsiya qilingan (sarflangan) tovarlar (işlar, xizmatlar) hajmlarining mos emasligi, xuddi şuningdek bank operatsiyalarining xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatining xususiyati va turiga mos emasligi;
• soliq tekşiruvi jarayonida aniqlangan, tovarlar (işlar, xizmatlar) kirim qilinganligi fakti töğrisida dalolat beruvçi hujjatlarning mavjud emasligi, almaştirib qöyilganligi, qalbakilaştirilganligi yoki yöq qilinganligi, realizatsiya qilinmagan tovarlar sifatida hisobga olingan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qiliş joyida mavjud emasligi;
• xöjalik yurituvçi sub'yektlarning tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylaştirmasdan realizatsiya qilayotganligi hollarini tasdiqlovçi hujjatlarning jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilişi.











