Yaqinda Las-Vegasda ötgan CES iste'molçilik mahsulotlari körgazmasida Samsung kompaniyasi 5G mavzusiga yuzaki töxtalib ötdi. Biroq kompaniya yopiq eşiklar ortida 2019 yilda işlab çiqariladigan mobil qurilmalar uçun yaratayotgan Exynos 5G modemi prototipini taqdim qildi.
Business Korea jurnalistlarining fikriça, kompaniya şu tariqa AQŞdan keltiriluvçi butlovçi qismlarga boğliqligini kamaytirmoqçi. 2019 yilda Samsung keyingi avloddagi smartfonlarning katta qismini özi işlab çiqqan 5G modemlari bilan ta'minlay oladi.
Exynos 5G modemlari iyunda tayyor böladigan Release 15 standartining xomaki versiyasi uçun işlab çiqilmoqda. Texnologiya ham yangi, ham eski tarmoq qurilmalariga mos tuşadi. Modem, jumladan Non-Standalone (NSA) va Standalone (SA) spetsifikatsiyalarini qöllab-quvvatlaydi, ya'ni eski LTA standartidagi uyali aloqa vişkalarining qurilmalari bilan ham, 5G infratuzilmasi bilan jihozlangan yangi tarmoqlar bilan ham işlay oladi.
Ötgan yil AQŞning Qualcomm (Snapdragon X50) va Intel (XMM8060) kompaniyalari özlarining 5G-modemlarini taqdim qilgandilar. Gaplarga qaraganda, Samsung 5G modemiga ega ilk telefonni keyingi yil boşida namoyiş qiladi va 2021 yil oxirida yoki 2022 yil boşida paydo bölişi kerak bölgan yakuniy standart Release 16’ning işlab çiqilişida faol iştirok etadi.
iPhone’ning yangi modellariga Qualcomm’ning emas, balki ilğorroq köringan Intel’ning 5G-modemlari qöyilişi mumkin. Apple muhandislarining fikriça, bölğusi ayfon modellari uçun Intel 5G modemi maqbulroq keladi.












