AQŞning Alyaska ştatida joylaşgan Q-Stick startapi öz sinfida eng kuçli kompyuter deb atalgan Q-Stick kompyuter-brelogini taqdim qildi. Gadjyetni işlab çiqariş uçun pul töplaş kampaniyasi Indiegogo saytida ötkazilmoqda.

Qurilma turli operatsion tizimlarni, jumladan Windows, Linux yoki Android’ni yuklay oladi. Yangi qurilma Blaze Plus va Blaze Pro variantlarida sotuvga çiqariladi.

Blaze Plus varianti Atom x7-Z8700 protsessori bilan jihozlanadi. Protsessor 4 ta 64 bitli Airmont yadrolarini, 8-avloddagi Intel grafik protsessorini va 2 kanalli xotira kontrollyori LPDDR3’ni öz içiga oladi. Protsessorning takt çastotasi 1,6 GGts ni taşkil qiladi. 

Qurilmaning Blaze Pro varianti Atom x7-Z8750 protsessorida işlaydi. Qurilma 128 Gb doimiy xotiraga ega, uni microSD kartalari yordamida 256 Gbgaça yetkaziş mumkin. Gadjyetda aloqa uçun Bluetooth 4.1 va WiFi 802.11n/ac funksiyalari mavjud. Grafika uçun Intel HD Graphics 405 çipi javob beradi.

Gadjyetning ustunliklari sifatida uning 7 soniyadan kamroq vaqt içida yoqilişi, energiya tejovçi texnologiyasi, HDMI 2.0 yordamidda 4K Ultra HD sifatdagi videoni uzatiş imkoniyatini keltiriş mumkin.

Gadjyetning standart varianti Q-Stick Blaze Plus 130 dollar, Pro versiyasi esa 179 dollardan sotuvga çiqariladi.