Facebook foydalanuvçilar lentasidagi algoritmlarni özgartiradi, endi ularda imkon qadar köproq işonçli manbalar xabarlari aks etadi. Bu haqida kompaniya rahbari Mark Tsukerberg ma'lum qildi.

Facebook'dagi yangiliklar uç parametr böyiça ölçanadi: işonçlilik, xabardorlik va foydalanuvçiga yaqinlik, deyiladi ijtimoiy tarmoq bayonotida. Oxirgi ikki parametr foydalanuvçilar orasida sörovnoma ötkaziş yöli orqali aniqlanadi.

Bu özgarişlar yangiliklar lentasida aks etadigan xabarlar soniga ta'sir qilmaydi, biroq ular foydalanuvçilar uçun köproq foyda beradi. Yangi algoritmlar sinovi "yaqin haftalarda" boşlanadi, özgarişlar dastlab AQŞda, keyin esa butun dunyoda joriy qilinadi.

Tsukerberg yanvar oyida Facebook 2018 yilda lentada yangiliklarga beriladigan havolalar uluşini kamaytirişni rejalaştirayotgani haqida ma'lum qildi. U mazkur körsatkiç 5 foizdan 4 foizga qisqartirişni aytib, foydalanuvçilar köproq yaqinlari va döstlari bilan muloqot qilişlariga umid qilmoqda. OAV vakillari ijtimoiy tarmoqlar qamrovidagi körsatkiçlarning pasayiş ehtimolidan norozi.

"Zamonaviy dunyoda sensatsiyalar, soxta xabarlar va bir tomonlama fikrlar haddan taşqari köp. Ijtimoiy media odamlarga axborotni tezroq tarqatiş imkonini beradi - agar biz şunday muammolarning oldini olmasak, oxir-oqibat ularni faqat kuçaytirayotgan bölib çiqamiz. Yangiliklar lentasi sifatli xabarlardan iborat bölişi şuning uçun ham muhim".

Mark Tsukerberg

Facebook asosçisi va rahbari