Suriya hududidan Turkiyaning Kilis viloyati tomon uçta raketa otildi. Buning oqibatida bir kişi kiçik jarohatlar olgan. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, raketa zarbasi viloyatning markazi – Kilis şahriga töğri kelgan. Xavfsizlik kuçlaridagi manbaning ma'lum qilişiça, hujum oqibatida bir neçta binolarga ziyon yetgan. Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari jönatilgan. 

Raketa kim tomondan otilgani ma'lum qilinmagan.

Foto: Anadolu
Foto: Anadolu

20 yanvarda Turkiya boş ştabi Suriyaning Afrin şahridagi kurd tuzilmalariga qarşi “Zaytun şoxi” operatsiyasini boşlaşini e'lon qilgan. Operatsiya Toşkent vaqti bilan soat 19.00da boşlangan. Boş ştab ma'lumotlariga köra, operatsiyada 72 ta samolyot iştirok etgan va 113 ta belgilangan nişondan 108tasini aniq möljalga olgan.  

Öz navbatida, kurd tomoni bombardimonlar oqibatida 9 kişi, jumladan 6 nafar fuqaro halok bölgani, 13 kişi jarohat olganini ma'lum qilgan. Keyinroq Turkiya boş vaziri Binali Yildirim 21 yanvarda Afrinda quruqlikdagi operatsiya boşlanişi mumkinligini ma'lum qilgan.