Jahon neft zaxiralari hozirga kelib 118 million barreldan oşdi, bu esa örtaça beş yillik körsatkiçlardan balanddir. BAA Energetika vaziri Suhayl Al-Mazruiy şu haqida ma'lum qildi.

"Bizda örtaça beş yillik körsatkiçdan baland hisoblangan 118 million barreldan ortiq zaxira bor. Işlaşda davom etişimiz kerak", - dedi u OPEC+ monitoring qömitasi yiğilişida sözlar ekan. 

Jahondagi neft va neft mahsulotlari tijoriy zaxirasini sönggi 5 yildagi örtaça körsatkiçlargaça kamaytiriş OPEC+'ning neft qazib olişni qisqartirişga doir kelişuvining asosiy maqsadi hisoblanadi. 

Al-Mazruiy şuningdek BAA kelişuv şartlarini töliq bajarayotganini ta'kidladi. 

OPEC va uning tarkibiga kirmaydigan qator mamlakatlar (OPEC+) 2016 yilning oxirida Venada neft qazib olişni 2016 yil oktabr darajasidan sutkasiga 1,8 million barrelga qisqartirişga kelişib olişgandi. 2017 yilning noyabrida kelişuv iştirokçilari uni 2018 yilgaça uzaytirişdi. OPEC'ning keyingi sammiti 2018 yilning 22 iyunida Venada bölib ötadi. 

Kelişuvga rioya qilişni nazorat qiliş va uni tuzatişga doir tegişli tavsiyalar işlab çiqariş uçun ikki oyda bir yiğiluvçi vazirlar monitoring qömitasi tuzildi. Unga Saudiya Arabistoni, Venesuela, Kuvayt, Jazoir, Ummon va Rossiya vakillari kiradi. Bugun, yakşanba kuni Ummonda monitoring qömitasining navbatdagi yiğilişi bölib ötadi.