Brent - jahon bozorida sotilayotgan ikki xil neft turidan biri. Bu nom Şimoliy dengizdagi Broom, Rannoch, Etive, Ness va Tarbert neft konlarining nomidagi boş harflardan taşkil topgan qisqartma.
WTI – jahon bozorida sotilayotgan neftning ikkinçi turi. Bu West Texas Intermediate sözlaridan olingan qisqartma. Nomidan körinib turibdiki, bunday turdagi neft ilk marta AQŞning Texas ştatida qazib olingan. WTI turidagi neft asosan benzin oliş uçun işlatiladi.
Keling, avvalo dunyodagi eng katta neft zaxirasiga ega va eng köp neft eksport qiluvçi davlatlar röyxatiga nazar taşlaymiz.
Neft zaxirasi eng köp mamlakatlar (2018 yil ma'lumotlariga köra):
1. Venesuela – 300,3 milliard barrel;
2. Saudiya Arabistoni – 297,7 milliard barrel;
3. Kanada – 167,8 milliard barrel;
4. Eron – 155,6 milliard barrel;
5. Iroq – 147,2 milliard barrel;
6. Rossiya – 106,2 milliard barrel;
7. Kuvayt – 101,5 milliard barrel;
8. BAA – 97,8 milliard barrel;
9. AQŞ – 61,2 milliard barrel;
10. Liviya – 48,4 milliard barrel;
...
12. Qozoğiston – 30 milliard barrel;
19. Ozarboyjon – 7 milliard barrel.
Dunyo neft zaxirasining mintaqalar böyiça taqsimi:
1. Fors körfazi 48.3 foiz;
2. Markaziy va Janubiy Amerika 18.8 foiz;
3. Şimoliy Amerika 13.7 foiz;
4. Rossiya va MDH davlatlari 8.4 foiz;
5. Afrika 7.2 foiz;

















