Samsung smartfonlarining maşhurlik çöqqisidagi davri ötgan bölişiga qaramay, ular hanuz dunyoda eng keng tarqalgan qurilmalar hisoblanadi. Sönggi uç oyda Janubiy Koreya korporatsiyasining mobil qurilmalar bozoridagi pozitsiyasi sekin-asta zaiflaşmoqda, bu ayniqsa Xitoy va boşqa Osiyo mamlakatlarida yaqqol közga taşlanmoqda. Bu yerlarda Huawei, Xiaomi, Vivo, Oppo kabi mahalliy brendlar maşhur bölib bormoqda. 

Samsung kompaniyasi konstruksiyasiga doş beriş uçun ba'zan majburiy çoralarni qöllaşga töğri keladi. Ma'lum bölişiça, tez orada mazkur brend ostidagi smartfonlar egalarini ajoyib syurpriz kutmoqda -  kompaniya mobil qurilmalarini qöllaş kölamini kengaytiradi. Bir neça manba ma'lumotiga köra, barça Samsung telefonlarida FM-radio blokdan yeçiladi. 

Hozirda Samsung brendi ostidagi mobil qurilmalarda FM-radio dasturiy ta'minotdagi çeklovlar yordamida foydalanuvçilardan yaşiringan. Tez orada Janubiy Koreya korporatsiyasi öz smartfonlari proşivkalariga radioga kiriş imkonini qöşadi. Bu xitoylik telefon işlab çiqaruvçilar bilan raqobatga kirişiş uçun qilinadi, zero ularning aksariyatida şunday oddiy, lekin foydali funksiya mavjud. 

Taşqarida 2018 yil bölsa-da, FM-radio haqiqatda kerakli narsa. Aksariyat foydalanuvçilar bunday imkoniyatdan xursand bölişlari tabiiy. Bu batareya zaryadini tejaş bilan birga ortiqça internet-trafik sarflamaslik imkonini beradi. 

Bundan taşqari, FM-radio xizmatlarini barça Samsung smartfonlarida töliq qöllab-quvvatlaş favqulodda holatlarda hayotiy muhim ahamiyatga ega bölgan hodisalardan xabardor böliş imkonini beradi. Bunday funksiya yordamida FVV xavf yaqinlaşib kelayotgan hudud aholisini bundan xabardor qilişi mumkin. Boşqaça qilib aytganda, yangi funksiya hamma uçun foydali.