KUN.UZ tahririyati jurnalistlari Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyat hokimi Ğofur Mirzayev bilan oçiq muloqot ötkazdi, aholi murojaatlari bilan işladi.
Hokimning sözlariga köra, Sirdaryo viloyatida ajrimlar böyiça vaziyat ança oğir bölgan, biroq hozirda bu körsatkiç biroz yaxşilangan.
“Ajrim ertaga jinoyatga ham olib kelişi mumkin. Sababi ayol ikki bola bilan qolib ketyapti, eri ajraşib “Nataşa”, “Maşa”lar bilan ketib qolmoqda. Ayolning özi qolyapti, öz joniga qasd qilişlar ham şundan kelib çiqmoqda, bola tarbiyasi e'tibordan çetda qolmoqda. Buning tagida juda katta narsa yotibdi, eng oğriqli nuqtalarimizdan bittasi... Bu mahalladagi vaziyatga ham ta'sir körsatadi. Biroq mahallada fuqarolar yiğinlarida xotin-qizlar bilan işlaydigan faollarning işi yaqin 8 oyda özini körsatişi kerak. Fohişaxonalar böyiça işlarni kuçaytirmoqdamiz. Menga kelib tuşgan hujjatlarni körib, xotin-qizlar bilan işlaydigan mutasaddilarni çaqirib sörayman: “Nima uçun ikki bolali ayol öşa yerda yuribdi?”.
Bundan taşqari, u yerga, asosan, yoş yigitçalar boryapti. Bu boradagi işlarga barham beriş böyiça yanada faollaşişimiz lozim”, - dedi Sirdaryo viloyati hokimi.












