KUN.UZ tahririyati Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyat hokimi Ğofur Mirzayev bilan oçiq muloqot ötkazdi. Hokim korrupsiya bilan kuraş, bu boradagi muammolar haqida ham gapirdi.

“Korrupsiya har qanday mamlakatda bor. Buni tugatiş uçun, birinçi navbatda, halollik, poklik kerak. Rahbarni çiritadigan, unga işonçsizlik paydo qiladigan narsa – poraxörlik. Korrupsiyani yuz foizga yöqotişga harakat qilaveramiz, lekin buni haqiqatan ham yöqotiş uçun şaffoflik bölişi kerak. Har bir rahbar heç narsani yaşirmasligi lozim. Birinçi navbatda, özimizdan boşlaşimiz zarur. Men hayotimda isbotlaganman – oylikka yaşasa böladi! Hamma joyda ham qiyinçilik bor, lekin yengib ötişni biliş kerak. Töğri, öğlingiz örtoğiga öxşab yaxşi kostyum, yaxşi oyoq kiyimi kiyişni istaydi, ammo uni tiyib turadigan narsa – oiladagi vaziyat, tarbiya. 

Men yaşirmayman – uydan telefon böladi: “Dadasi, bugun payşanba, oş damlaş kerak edi, göşt yöq”, deydi. Nima deyiş kerak şunda?! Tuxum bormi? Bölsa, ikkitasini bosib turavering, ertaga göşt böladi. Oilani ham şunga köniktiriş, tiyib turiş kerak. Nafsni tiyiş degan narsani oilada ham örgatiş kerak. Masalan, mening özim şu yerdagi oddiy oşxonada ovqatlanaman, lekin har oyda pulini tölayman. Dalaga çiqqanda esa, har doim ham ovqat termosim, ham qöl termosim yonimda. Men bir yildan ortiq işlayapman, şu paytgaça biror tumanda ovqat yemaganman.

Korrupsiyani yöqotiş uçun rahbarning özi namuna bölişi kerak. Özingiz tozamisiz, atrofingiz, örinbosarlar ham şunga qarab ketadi. Albatta, Sirdaryoda bir yilda şunçaga kamaydi bu holat demoqçi emasman. Lekin tizimni qattiq uşlasangiz, hammasi yaxşilanadi”, - dedi hokim.