Endi Şoşilinç tibbiy yordam körsatiş xizmatlarining  avtotransportlari şahar joylarda - har 8 yilda, qişloq joylarda esa - har 7 yilda yangilanib boradi. Bu tibbiy xizmatlar sifatini oşirişi uçun xizmat qiladi. KUN.UZ muxbiri Özbekiston Prezidenti Davlat maslahatçisi R.S.Qosimovning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Yangi qarorga muvofiq, tez tibbiy yordam xizmati ixtisoslaştirilgan avtotransportlari zamonaviy tibbiy uskunalar va raqamli radioaloqa vositalari (ratsiyalar)bilan jihozlanadi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Call-markazlar faoliyatini taşkil etiş uçun şifokor, örta tibbiy va texnik xodimlar lavozimlarini joriy etiş yöli bilan tez tibbiy yordam xizmatining yangilangan ştat me'yorlarini qayta körib çiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi. Şuningdek ularni aholiga samarali va sifatli tibbiy yordam körsatiş imkoniyatiga ega bölgan malakali tibbiy kadrlar bilan qöşimça ta'minlaydi. 

Bundan taşqari, Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 1 fevralidan tez tibbiy yordam brigadalari haydovçilariga ularga bemorlarni taşiş böyiça qöşimça ravişda yuklatilgan funksiyalarni bajargani uçun, agar sanitar ştati mavjud bölmasa, tarif stavkasida 30 foiz miqdorida ustama tölaşni joriy qiliş töğrisidagi taklifini qabul qiliş topşiriği berildi.