Xitoy va Buyuk Britaniya olimlari guruhi qand kasalligi va şakarning qonda köp miqdorda bölişi uzoq davom etuvçi aqliy qobiliyat (kognitiv) buzilişlari bilan boğlanganligini aniqlaşdi. Tadqiqot natijalari Diabetologia jurnalida çop etildi.

Olimlarning fikriça, qonda şakar miqdorini nazorat qiliş miya işi yomonlaşuvi oldini olişi mumkin.

Tadqiqotda 5 mingdan köproq keksa yoşli odamlar iştirok etişgan. Ilmiy iş davomida iştirokçilarning 10 yil atrofidagi davr içida qonlaridagi şakarning örtaça miqdorini körsatuvçi glikirlangan gemoglobin (HbA1c) körsatkiçi bilan aqliy qobiliyatlari buzilişlari örtasidagi boğliqlik tahlil qilindi. Aniqlanişiça, HbA1c miqdori qança köp bölsa, aqliy qobiliyatlar şunçalik tezroq pasayadi. Mutaxassislar bunda iştirokçilardagi xolesterin, tana vazni indeksi, ruhiy holat, alkogol va nikotinga tobelik, surunkali kasalliklar, ta'lim darajasi, oilaviy holat va boşqa köplab körsatkiçlarni hisobga olişgan. 

Tadqiqot natijalarining körsatişiça, qand kasalligidan aziyat çekuvçi yoki unga moyilligi bölgan odamlarda aqliy qobiliyatlar tezroq pasayişi kuzatilgan. “Biz tomondan olingan ma'lumotlar diabetik holatdan qat'iy nazar, HbA1c miqdori va aqliy qobiliyatlar örtasida töğridan-töğri aloqa borligini körsatadi. Bölğusi tadqiqotlar uzoq muddatli istiqbolda qand kasalligi bölgan odamlarda qonda glyukozaning optimal miqdorini uşlab turiş aqliy qobiliyatlar buzilişiga qanday ta'sir qilişini aniqlaş uçun zarur”, deb aytilgan tadqiqotda.