Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumani hududida joylaşgan Sudoçe köli turli quşlarning vatani sanaladi. U yerni 240 dan ortiq turdagi quşlar qatorida ajoyib quş – flamingo ham makon qilgan, deb yozmoqda ÖzA. 

Flamingolar, şuningdek, Qoraqalpoğistonning yana bir neça hududida – Vozrojdeniye oroli, ğarbiy Qorateran köli, Şegeköl (Mejdureçe suv saqlagiçi), Sariqamiş köli, Amudaryoning öng qirğoği, Jaltirbas kölida uçraydi. 

Foto: ÖzA

Ornitolog olimlarning fikriça, mahalliy tilda qizilğoz deb nomlanuvçi flamingo quşlari Qoraqalpoğistondan asosan uçib ötiş, uzoq safar oldidan oziqlaniş uçun foydalanadi. Lekin qoraqalpoğistonlik ornitolog olimlar 2014 yilda Sudoçe köllar tizimida olib borgan tadqiqotlar vaqtida flamingoning katta uyalovçi koloniyasini topgan edi. 

Foto: ÖzA

Flamingoning asosiy ozuqasi mayda qizil artemiya va uning tuxumi (tsistasi) sanaladi. Bundan taşqari, flamingolar mollyuskalar, haşarot liçinkalari va qurt-qumursqa bilan ham oziqlanadi. Ular ozuqasini suvning sayoz joylaridan qidiradi. Flamingo uyalagan suvida oziqlanişi ham mumkin, lekin ozuqa kam bölsa, boşqa joyga uçib borib (30-40 hatto 50-60 km.), yana qaytadi. 

Foto: ÖzA

Orol dengizida artemiya jonzotlarini ovlaş bilan şuğullanuvçi «Aralskaya akvakultura» korxonasi direktori Vladimir Çasovnikovning ta'kidlaşiça, bahor-kuz oylarida Orol dengizi qirğoqlarida flamingo tödalarini uçratiş mumkin. Flamingolar bu yerga yaqin Sudoçe kölidan kelib, artemiyalar tutadi. 

Eng qiziği, flamingolar uşbu artemiyalar bilan oziqlanib, tanasiga yoğ yiğadi, natijada puşti rangga kira boşlaydi. Ular ayniqsa, köpayiş vaqtida artemiyani köproq tanovul qiladi. 

Flamingo Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 40 turdagi quşlarning biri hisoblanadi.