Bundan uç kun avval Andijon perinatal markazida Oltinköl tuman, Qöştepasaroy qişloğida yaşovçi 1994 yilda tuğilgan Madinaxon Abduvohidova birdaniga tört çaqaloqni dunyoga keltirgani haqida xabar bergan edik.

Markaz şifokorlari tomonidan berilgan ma'lumotlarga köra, tört çaqaloq 26 yanvar kuni -  800, 1800, 1950, 1815 gramm vaznga ega holda tuğilgan.

Viloyat perinatal Markazi boş şifokori bilan boğlanganimizda, tibbiyot xodimi onaning soğligi qoniqarli holatdaligi, çaqaloqlarning sutka davomida tajribali mutaxassislar nazoratida ekanligini bildirdi.

foto:kun.uz

Bugun Andijon viloyat adliya boşqarmasi va Oltinköl tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi egizaklarga - Sultonboyev Muhammadsodiq, Sultonboyev Muhammadsolih, Sultonboyev Muhammadişoq va Sultonboyev Muhammadsafo ismlari bilan tuğilganlik guvohnomasi va esdalik sovğalar tantanali ravişda topşirildi.

foto:kun.uz

Oltinköl tuman hokimi Baxtimurod Karimov va tuman mutasaddilari çaqaloqlarning durkun va soğlom ulğayişlari uçun ularning ota-onalariga eng kerakli bölgan anjomlar va uy-rözğor buyumlarini sovğa qildi.          

foto:kun.uz

               

 KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon