Qozoğistonda siyosiy arboblarning ismini bolalarga qöyiş an’anaga aylanib bormoqda, deb yozdi Kazinform. Jumladan, 29 fevral holatiga mamlakatda Qosim-Jömart ismli 12 nafar bola, Bayden ismli 8 nafar, şuningdek, 1 nafardan Putin va Tramp ismli bolalar qayd etilgan.
Ismlar orasida geografik nomlar ham uçraydi. Misol uçun mamlakatda Qozoğiston ismli 24 kişi röyxatga olingan. Bundan taşqari, 27 nafar Semey, 15 nafar Atirau, 15 nafar Turkiston, 14 nafar Taraz, 10 nafar Oqtou, bir nafar Oqtöbe, bir nafar Toldiqörğon ismli kişi bor.
Qayd qilinişiça, 2024 yil yanvar oyida Qozoğistonda eng köp qöyilgan ismlar - Madina (517 ta) va Muhammad (536 ta) bölgan.
Qizlarga eng köp qöyilgan ismlar qatoriga Asilim (468), Oyşa (436), Aylin (387) va Tömaris (318) ham kirgan.
Öğil bolalarga eng köp qöyilgan ismlar qatoridan Alixon (313), Oysulton (238) va Aldiyar (219) ham joy olgan.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 1 yanvar holatiga Qozoğiston aholisi 20 million kişini taşkil etdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 1,3 foizga köpdir.













