AQŞ prezidenti Jo Baydenning oilasi 2023 yilda xorijlik yetakçilardan ön minglab dollarlik sovğalar qabul qilib oldi. Bu haqda Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan yillik moliyaviy hisobotda söz boradi.
Sovğalar orasida Janubiy Koreyaning yaqinda impiçment e’lon qilingan prezidenti Yun Sok Yol topşirgan 7,1 ming dollarlik esdalik fotoalbomi, Möğuliston boş vaziri bergan 3495 dollar turadigan möğul jangçisining haykalçasi ham bor. Şuningdek, AQŞ prezidentining rafiqasi Jill Bayden Ukrainaning Qöşma Ştatlardagi elçisidan 14 ming dollarlik töğnoğiçni qabul qilib olgan.
Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy esa öz navbatida prezident oilasiga 2,4 ming dollarga baholangan kollajni sovğa qilgan.
AQŞning birinçi xonimi eng qimmat sovğani Hindiston boş vaziri Narendra Modidan qabul qilib olgan: qiymati 20 ming dollarga yetadigan 7,5 qirotli brilliant. Uşbu qimmatbaho buyum Oq uyning şarqiy qanotida qolgan: prezident oilalari qimmatli sovğalarni har doim bölmasa-da, köpinça Milliy arxivga topşiradi — uşbu buyumlar u yerda namoyişga qöyiladi.
Federal qonunga köra, amerikalik amaldorlar qiymati 480 dollardan oşadigan olgan barça sovğalari töğrisida hisobot berişlari kerak. Şu bilan birga, sovğani olgan insonda uni hukumatdan bozor narxida sotib oliş imkoniyati mavjud.








