O‘zbekiston | 16:29 / 31.01.2018
14840
2 daqiqa o‘qiladi

Har bir xodimga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatga oid huquqlar va kafolatlar ta'minlanadi

Foto: Fotolia

SAVOL: Men xalqaro tashkilotda ishlayman va bizda o‘zimizning ichki tartib va qoidalarga amal qilinadi. Ular bizning qonunlarimizga muvofiq bo‘lishi kerakmi?

T.Islamov

JAVOB: Har bir xodimga, u qayerda ishlamasin va qanday vazifani bajarmasin unga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan mehnatga oid huquqlar va kafolatlar ta'minlanadi.

Hech qaysi ish beruvchi xodimning mehnatga oid huquq va kafolatlarini ta'minlashni qonunchilikda belgilangan me'yordan ko‘ra pasaytirishga haqli emas.

Shu bilan birga, korxonaning jamoa-shartnomaviy va boshqa lokal hujjatlarida, shuningdek, mehnat shartnomasida xodimlarga qo‘shimcha huquq va kafolatlar (masalan, qo‘shimcha ta'tillar berish, qisqartirilgan ish vaqtini joriy qilish) nazarda tutilishi mumkin.

Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid