KUN.UZ tahririyati jurnalistlari Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyat hokimi Ğofur Mirzayev bilan oçiq muloqot ötkazdi, aholi murojaatlari bilan işladi. Hokim bilan suhbatda elektr energiyasi ta'minotidagi uzilişlar, yöllar holati, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik, tabiiy gaz, kömir va suyultirilgan gaz ta'minoti, korrupsiya muammosi va boşqa mavzular yuzasidan muloqot qilindi.
Sayxunobod hokimi masalasi
«Töğri, özim ham qattiqqölman, talabçanman. Lekin heç qaçon birovning şaxsiyatiga tegadigan gap gapirmayman. Çunki prezidentimiz suhbat davomida menga köp narsalarni aytgan. Heç qaçon insonlarni haqoratlab, şaxsiy manfaatiga zarar yetkazadigan gaplar bilan xörlamaslik kerak. Men har bir yiğilişimda bu böyiça alohida gapiraman. Bizda ma'rifat, ma'naviyat birinçi darajada. Qattiqqöllik degani – bu odamni uriş, haqorat qiliş degani emas. Bundan yiroq bölişi kerak odam. Ta'sirçan gaplar köp, lekin uning birinçi qilgan xatosi – köpçilikni, hammasini töplab, bir-birini haqorat qilsa, yonida turgan ikkinçi kişiga baribir tegib ketadi.

Men bu gaplar çiqqan kuniyoq öşa yerga yetib borganman. Borib, hammani yiğib: «Notöğri iş qilgansiz, butun xalqdan keçirim söraysiz», deganman. Keçirim söragan öşa yerda. Öşanda paxta payti edi, şuning uçun odamlarga ta'sir qilmasligi uçun işdan olinmadi. Lekin bu boradagi tegişli jarayonlar davom ettirildi, prokuratura ham öz tekşiruvini olib bordi. Endi u yerga tajribali, özini bosib olgan, hamma tomonlama şoşilmaydigan odamni hokim qildik».
Elektr energiyasi muammosi
«Gaz bölmaganidan keyin elektr energiyasini ikki barobar hajmda iste'mol qiliş boşlanadi. Agarda biz gaz, kömir bilan ta'minlay olmasak, unda hamma yuklama elektr energiyasiga tuşadi. Qaysi tumanga borsam, birinçi bölib ötgan yili qança öçgani bilan qiziqaman. Bu böyiça muammolarimiz bor. Prezidentimiz bizga juda katta imkoniyat yaratib beryapti. Agarda şu iş amalga oşsa, Sirdaryoda muammo bölmaydi. Şirinda respublikaning 25 foizini ta'minlaydigan elektrstansiya bor. Hozirda rossiyaliklar bilan birgalikda uning rekonstruksiya işlari ketmoqda, ayni damda 2 tasi ta'mirlanmoqda. Şunda ham sifat yaxşilanadi, ham uzilişlar kamayadi. Ikkinçisi, Sardoba suv omborida Xitoy texnologiyasi asosida kiçik gidroelektrstansiya ham quriladi. Hozir lekin muammolar bor, uzilişlar bölyapti. Köp ulanganidan keyin yuklama kuçaymoqda, transformatorlarga oğirlik tuşyapti. Bu böyiça ham işlayapmiz».













