Boş prokuror örinbosari Bekzod Mardonoviç Mavlonov Özbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar böyiça davlat maslahatçisi Rustam Inoyatovga birinçi örinbosar böladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Bekzod Mavlonov 2017 yil yozida Murodjon Azimov örniga boş prokurorga örinbosar bölgandi. Mavlonov undan avvalroq boş prokuraturada boşqarma boşliği sifatida işlagan.

Bundan oldinroq Rustam Inoyatov Özbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar böyiça Davlat maslahatçisi lavozimiga tayinlangani, uning örniga Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga boş prokuror Ixtiyor Abdullayev tayinlangani ma'lum qilingan edi.










