Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli farmoni bilan Baxtiyor Jahongiroviç Islomov Prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.
Baxtiyor Islomov 2020 yil noyabridan buyon prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi Tursinxan Xudaybergenovning birinçi örinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.

U muqaddam Farğona va Toşkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigaça jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi bölgan.
Ayni vaqtda Prezident Administratsiyasining Ijro etuvçi apparati röyxatida ham Islomov prezident maslahatçisi sifatida körsatilgan. Doniyor Qodirov uning örinbosari hisoblanadi.
Ma’lumot uçun, 2018 yil avgustidan buyon prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida Rustam Inoyatov işlayotgandi. U muqaddam köp yillar mobaynida Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) raisi lavozimida bölgan. Uning keyingi iş joyi haqida hozirça ma’lumot yöq.











