Saida Mirziyoyeva Administratsiya rahbari lavozimini egalladi. Komil Allamjonov unga maslahatçi böldi. Prezident maslahatçisi Bekzod Mavlonov – prezident yordamçisi, şu lavozimdagi Aziz Mağrupov esa davlat rahbarining maslahatçisiga aylandi. Tugatilgan inspeksiyasi boşliği Saidlaziz Saidkarimov, departament rahbarlari Ötkirjon Qodirov va Jahongir Ibragimov lavozimlarini tark etdi.

Özbekiston Prezidenti administratsiyasida qator özgarişlar yuz berdi. Davlat rahbarining farmoni bilan, 2023 yilda tugatilgan administratsiya rahbari lavozimi tiklandi va bu lavozimga Saida Şavkatovna Mirziyoyeva tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva 2023 yil avgust oyidan beri prezident yordamçisi sifatida işlab kelayotgan edi. U bunga qadar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi örinbosari, Prezident administratsiyasining kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sanab ötilgan taşkilotlarda Mirziyoyeva bilan yonma-yon işlagan Komil Allamjonov öz faoliyatida uçinçi marta Prezident administratsiyasida iş boşladi. U administratsiya rahbariga jamoatçilik asosida mustaqil maslahatçi etib tayinlandi. Komil Allamjonov uşbu lavozimda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş, söz erkinligini ta’minlaş va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş sohalarida Saida Mirziyoyevaga ekspertlik yordamini körsatadi.

Komil Allamjonov bundan avval administratsiyada prezident matbuot kotibi, administratsiya rahbarining örinbosari va axborot siyosati departamenti rahbari kabi lavozimlarda işlagan. 2024 yil sentabr oyida lavozimini tark etib, faoliyatini xususiy sektorda davom ettirişini ma’lum qilgandi.

Saida Mirziyoyeva Aziz Mağrupovning lavozimi özgarganini e’lon qilmoqda. / Foto: Prezident matbuot xizmati

Şuningdek, bunga qadar prezident yordamçisi sifatida işlab kelgan