2018 yilning 31 yanvarida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati kollegiyasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi, u amalga oşirilgan işlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini tubdan takomillaştirişga qaratildi.
Unda Oliy Majlis palatalarining rahbarlari, Özbekiston Respublikasi prezidenti Devoni vakillari, hukumat a'zolari, Milliy xavfsizlik xizmati markaziy apparati va hududiy boşqarmalari yuqori mansabdor şaxslari iştirok etdi.
Yiğilişda har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biri inson, jamiyat va davlat xavfsizligini ta'minlaşdan iborat ekani va şunday bölib qolişi ta'kidlandi.
Qayd etilişiça, ötgan davr mobaynida Milliy xavfsizlik xizmati Özbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini ta'minlaşga katta hissa qöşdi.
Şu bilan birga, yiğilişda obektiv baholaş asosida Milliy xavfsizlik xizmati va uning hududiy boşqarmalarining alohida bölinmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlikni taşkil etişda, tezkor va tergov tadbirlarini ötkazişda, şuningdek kadrlar bilan işlaşda aniq xato hamda kamçiliklar körsatib ötildi.
Davlat rahbari Milliy xavfsizlik xizmatini zamonaviy talablarni inobatga olgan holda qayta isloh etiş zarurligini ta'kidladi. Maxsus xizmatlarga xos bölmagan vazifalar bilan şuğullanadigan idoralarning tugatilişi muhimligi ta'kidlandi, bu bir qator holatlarda davlatning boşqa tuzilmalari funksiyalarini özgartirişga, şuningdek, milliy xavfsizlikning eng muhim sohalarida bölinmalarni mustahkamlaşga olib keldi.
Özbekistonning rivojlaniş strategiyasida közda tutilgan keng kölamli vazifalarni hisobga olgan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin istiqbolda ustuvor vazifalari mamlakat rivojlanişi yangi bosqiçida hayotning deyarli barça sohalarida vaqt talablariga javob beradigan tub özgarişlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Prezidentning alohida ta'kidlaşiça, davlat kuç tuzilmalaridan biri bölgan Milliy xavfsizlik xizmati öz faoliyatini «Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilişi kerak» prinsipi asosida amalga oşirişi lozim.
Joriy yilda «Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunini işlab çiqiş va qabul qiliş muhimligi qayd etildi, u Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy funksiyalari va vazifalarini aniqlaydi va, eng muhimi, kuç organlarining vakolatlarini aniq çegaralaşga imkon beradi.











