Keyingi paytda Özbekistonda dehqonçilikning “töqsonbosti” usuli tobora ommalaşmoqda. Çunki u dehqonlarga boyib ketiş imkonini bermoqda. Axir, bu usulni qöllab, aholiga ayni “iliguzildi” paytida vitaminlarga boy mahsulotlarni tortiq qiliş mumkin. 

“Xalq sözi” naşrining Qişloq va suv xöjaligi vazirligiga asosan xabar berişiça, joriy yil hosili uçun 2017 yil kuz oylarida “töqsonbosti” usulida piyoz, sarimsoqpiyoz, karam, oşlavlagi, sabzi, kökatlar, şuningdek, brokkoli, rukkoli, pare piyozi ekinlari ekildi. 

Hisob-kitoblarga köra, uşbu ekinlardan 1,6 million tonna piyoz, 283 ming tonna sarimsoqpiyoz, 184 ming tonna kökpiyoz, 400 ming tonna kökatlar, 592 ming tonna sabzi, 263 ming tonna oşlavlagi hosili olinişi kutilmoqda.