Qirğiziston va Tojikiston xalqlari çegaralar delimitatsiyasi yakunlanişini kutişmoqda. Bu haqda Duşanbedagi muzokaralarda Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov aytib ötdi.
“Quvonarlisi, muhim masalalar böyiça fikrlarimiz va pozitsiyalarimiz mos keladi. Hamkorlikning butun spektrini faollaştiriş uçun ikki tomonlama mexanizmlar faoliyati samaradorligini oşiriş lozim. Bu borada Davlatlararo muvofiqlaştiruvçi kengaş, davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya masalalarini kompleks körib çiqiş böyiça qirğiz-tojik hukumatlararo komissiyalari doimiy asosda işlaşlari kerak. Xalqlarimiz uzoq vaqtdan beri davlat çegarasi delimitatsiyasi yakunlanişini kutişmoqda. Qirğiz-tojik davlat çegarasi delimitatsiyasi masalasining tezkorlik bilan hal qilinişi va kelişuv imzolanişi çegarada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaşning muhim omillari böladi”, deb aytgan Jeenbekov.
Jeenbekovning ta'kidlaşiça, şu munosabat bilan hukumatlar işçi guruhlari işini faollaştiriş va qirğiz-tojik davlat çegarasi ötiş liniyalarini ifodalaş va tasvirlaş huquqiy asoslari böyiça yakuniy kelişuv uçun uçraşuv ötkaziş lozim.
Jeenbekovning fikriça, davlat çegaralarini muhofaza qiliş, terrorçilik va ekstremizm, narkotrafikka qarşi kuraşiş uçun birgalikdagi amaliy çoralar qabul qiliş lozim.








