Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi jami 20 973 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, yana 16 288 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.
Statistikaga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan.
Mamlakatlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xitoy kapitali ishtirokida O‘zbekistonda 6 241 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ikkinchi o‘rinda Rossiya - 3 512 ta, uchinchi o‘rinda esa Turkiya - 2 327 ta korxona bilan qayd etilgan.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar quyidagicha:
- Xitoy - 6 241 ta;
- Rossiya - 3 512 ta;
- Turkiya - 2 327 ta;
- Qozog‘iston - 1 321 ta;
- Janubiy Koreya - 730 ta;
- Afg‘oniston - 706 ta;
- Ozarboyjon - 492 ta;
- Tojikiston - 467 ta;
- Birlashgan Arab Amirliklari - 453 ta;
- Hindiston - 439 ta.
Shu tariqa, Xitoy O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha boshqa davlatlardan sezilarli farq bilan yetakchilik qilmoqda.









